Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni roʻyxatga olish boshlandi
2025-2026-oʻquv yilida Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni roʻyxatga olish boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Shuningdek, nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Xabar qilinishicha, nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring