Davlat ishtirokidagi korxonalar soni 23,4 foizga qisqaradi
Joriy yil 3-iyunda davlat ishtirokidagi korxonalarni keskin qisqartirish borasidagi yana bir muhim hujjat boʻlgan Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
Hujjatga koʻra 56 ta vazirlik va idoralar tomonidan boshqarilayotgan jami 593 ta davlat ishtirokidagi korxonalarning:
66 tasini davlat muassasalari sifatida qayta tashkil etish;
73 tasini filial koʻrinishida qayta tashkil etish;
454 tasini istiqbolsiz, faoliyat koʻrsatmayotgan, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli boʻlganligi sababli belgilangan tartibda tugatish belgilandi.
Davaktiv agentligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, qaror doirasida Agentlik Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yildan boshlab har yili 1-noyabrga qadar korxonalarda davlat ulushini saqlashni tanqidiy koʻrib chiqqan holda ularni sotish, tugatish yoki qayta tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Shu oʻrinda, qaror ijrosini taʼminlash natijasida, davlat ishtirokidagi korxonalar soni 23,4 foizga qisqaradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring