Davlat idorasi tadbirkorga 267,6 million soʻm toʻlaydigan boʻldi
Qarshi shahrida faoliyat koʻrsatuvchi “Qarshi stroy sentr” MCHJ Qarshi shahar Obodonlashtirish boshqarmasidan shartnoma boʻyicha qarzdorlikni undirishda muammoga duch kelib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Xususan, Jamiyat va Qarshi shahar Obodonlashtirish boshqarmasi oʻrtasida 3 ta pudrat shartnomalari imzolangan va ularga muvofiq Jamiyat tomonidan belgilangan obyektlarni taʼmirlash boʻyicha ishlar bajarilgan boʻlsada, toʻlovlar toʻliq amalga oshirilmagan.
Ushbu holat boʻyicha Biznes-ombudsman tomonidan Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritilib, sudning hal qiluv qarori bilan Qarshi shahri Qarshi shahar Obodonlashtirish boshqarmasidan tadbirkor foydasiga 267,6 million soʻm qarzdorlikni undirish belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring