Davlat idoralarida qogʻoz sarfi uchun cheklov joriy qilinadi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 18-mart kuni Hukumatning “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 109-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2026-yil 1-iyunga qadar ishlatilgan qogʻozlarni yigʻish uchun maxsus chiqindi quti (konteyner)lari tashkil etiladi va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, har bir tarkibiy boʻlinmadagi xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, qogʻoz sarfi uchun cheklov joriy qilinadi.
2026-yil 1-maydan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida kelgusi 5-yilda xarajatlar smetasini tuzish jarayonida qogʻoz, siyoh, printer va nusxa koʻchirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari miqdori har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalashtiriladi.
Bundan tashqari, printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalanish tizimi joriy qilinadi. Bunda umumiy foydalanishdagi ochiq ofisda faoliyat yurituvchi har 20 nafar xodim uchun 1 dona printer ajratiladi. Har oyda 1 marotaba “Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasi oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring