Davlat fuqarolik xizmatchilarini birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonlari boshlandi
Ularning salomatligi — xalqchil, samarali faoliyati uchun asosdir!
Kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va ularning oldini olish salomatlik uchun muhim. Bu omil — oilada farovonlik, davlat xizmatida esa samaradorlikni taʼminlaydi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, hokimliklar bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha hokimliklarda faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni boshladi.
Xizmatchilarni 10 dan ortiq birlamchi turdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish rejalashtirilgan. Kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Andijonda tashkil etilgan mazkur tibbiy koʻrik jarayonlari joriy yilning 13-yanvar kuniga qadar davom etadi. Unda 455 nafar davlat fuqarolik xizmatchisini koʻrikdan oʻtkazish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat koʻrsatish kafolatlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring