Davlat dasturlari ijrosi oʻrganildi
Bosh prokuror oʻrinbosari S.Samadov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Boyovut tumanlari va Yangiyer shahrida “Tashabbusli byudjet” va boshqa davlat dasturlari ijrosi doirasida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari ahvoli oʻrganilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, mazkur hududlarda aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini qish mavsumida koʻmir mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, koʻmir mahsulotlarini talon-toroj qilish holatlarini oldini olish boʻyicha yaratilgan mexanizmni joriy etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ahvoli oʻrganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ishni takomillashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrildi.
Bundan tashqari, hududlarda qish mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zahirasini tayyorlash boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi ham oʻrganilib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi hamda ijro etish muddatlari belgilandi.
Soʻngra, Respublika, viloyat va tuman (shahar) tashkilotlari masʼul xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilindi hamda birinchi navbatda qilinishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring