Davlat bojini ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Maʼmuriy sudlarga shikoyat qilish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan «Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ham quyi palata majlisida muhokamalar markazida boʻldi.
Qonun loyihasi bilan har bir shaxsning oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida maʼmuriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik subyektlaridan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etilmoqda.
Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan sud orqali himoya qilinish va sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirishga, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari yanada ishonchli himoya qilinishiga, odil sudlovga erishish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Muhokamalarga boy boʻlgan majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring