Dastlabki sovrindor kim boʻldi?
Foto: Hakimjon Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
“Xalq soʻzi ONLINE”/Yulduz Oʻrmonova. Ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida oʻtkazilayotgan “Oʻzbegim ayoli” Milliy mukofotining ilk sovrindori aniqlandi. “Eng jasoratli ayol” nominatsiyasi gʻolibligi ayollar uchun kutilmagan kasb sohibasi Nargiza Arslonovaga nasib etdi. U “Tashkent City”da balandligi 103 metrli kranda ishlaydi.
— Tepadan butun shahar kaftimda namoyon boʻlganday boʻladi. Bundan esa men sira qoʻrqmayman, aksincha, rohatlanaman, — deb aytib oʻtdi Nargiza Arslonova. — Ammo bugun kran mashinasiga chiqishdan koʻra sahnaga chiqish menga qandaydir hayajonliroq tuyuldi. Ushbu eʼtibor va eʼtirofdan juda ham xursandman hamda tashkilotchilardan minnatdorman.
Milliy mukofot sovrindorlarini taqdirlash davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring