“Dastxatli kitoblar kutubxonasi” yaratildi

10:46 27 Fevral 2020 Jamiyat
1458 0

Samarqand tumanidagi “Yosh kitobxon maskani”da Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonovning navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Samimiy va oshkora ruhda oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi aʼzolari, oʻquvchilar, yosh tadbirkorlar, blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tuman hokimiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishdi. Joyida hal qilish imkoni boʻlgan ogʻzaki murojaatlar qanoatlantirildi. Atroflicha oʻrganish taqozo etiladigan masalalar, jumladan J.Adashkulov tomonidan Mirzo Ulugʻbek mahallasida joylashgan sport maydonchasini zamonaviylashtirish va sport anjomlari bilan taʼminlash, M. Shodiyeva tomonidan mahallalarda chiqindi saqlash qutilarini tashkil etish kabi takliflarni hal etish yuzasidan vakolatli idoralarga topshiriqlar berildi.

Uchrashuvda tashabbuskor va faol yoshlar oʻzlarining kelajak rejalari, ularni qiynayotgan muammolar haqida ochiq-oydin gapirishdi. Samarqand tumanida yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini ishlab chiqish boʻyicha berilgan takliflar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tadbirda shuningdek, yosh tadbirkor Rustam Ahrorqulov amalga oshirayotgan “Biz bilmagan muxlislar” loyihasi doirasida “Dastxatli kitoblar kutubxonasi” yaratilishi haqida ishtirokchilarga gapirib berdi. Tadbir soʻngida Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonov, Samarqand tuman IIB boshligʻi Aminjon Toshev tomonidan “Yosh kitobxon maskani”ga kitobxonlarga atab tilak va dastxat qoʻyilgan kitoblar sovgʻa qilindi.

Abdulaziz Yoʻldoshev(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер