Daryo boʻylarida kamida 500 ta havza tashkil qilinib, kooperatsiya asosida baliq yetishtiriladi

13:32 12 Fevral 2024 Siyosat
416 0

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Baliq yetishtirishni koʻpaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Joriy yilda baliq yetishtirish hajmini 1 million tonnaga yetkazish va qoʻshimcha 50 ming aholini band qilish tarmoq masʼullarining asosiy vazifasi boʻlishi qayd etildi.

Daryo boʻylarida kamida 500 ta havza tashkil qilib, kooperatsiya asosida baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

“Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida baliq boqish uchun garovsiz kreditni 100 million soʻmgacha oshirish taklif qilindi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер