Darvoza orti 50 ming, oldi qatorlar 200 ming
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining “FIFA Series”dagi oʻyinlariga chiptalar narxi maʼlum boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadigan har ikki oʻyin uchun darvoza ortidagi chiptalar narxi 50 ming soʻmdan, yuqori va burchakdagi sektorlar 75 mingdan, shuningdek, markaziy sektorlar 200 ming soʻmdan sotiladi.
Maʼlumot uchun, Fabio Kannavaro boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 27-mart kuni Gabon, 30-mart kuni Venesuela terma jamoalariga qarshi “Bunyodkor” stadionida oʻyin oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring