Daniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

13:14 01 Avgust 2025 Jamiyat
157 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Daniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi Yesper Var boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar qildi.

Qayd etilishicha, Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash boʻyicha, jumladan, turli sohalarda aloqalarni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlarni atroflicha muhokama qilingan.

“Tashqi ishlar vazirligi munosabatlarimizning toʻliq salohiyatini roʻyobga chiqarish yoʻlida birgalikda hamkorlikka tayyor. Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер