Dangʻarada pomidor pishdi
Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyatining Dangʻara tumanida joylashgan “Gʻumayli” MFY hududida barpo etilgan zamonaviy issiqxonaga ekilgan pomidor hosilga kirdi.
“Ideal Mustang Plus” MCHJ tomonidan 4 gektar maydonda barpo etilgan issiqxona oʻtgan yil yakunida qurib bitkazilgan edi. Loyiha qiymati 27 milliard soʻm boʻlgan, Koreya texnologiyasi asosida barpo etilgan majmuada yiliga 600 tonna pomidor va 200 tonna bodring yetishtirish rejalashtirilgan. Hozirda pomidorlarga rang va maza kirib, dastlabki hosilni yigʻishtirib olish ishlari boshlab yuborildi.
— Gidroponika usulidagi issiqxonada yetishtiriladigan mahsulotlar Rossiya, Qirgʻiziston va Qozogʻistonga eksport qilinishi moʻljallanmoqda, — deydi loyiha tashabbuskori boʻlgan tadbirkor Olimjon Moʻminov. — Biznes-loyihaga koʻra, yaqin istiqbolda issiqxonani yanada kengaytirish hamda eksport salmogʻini oshirish maqsad qilingan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring