“Damas” qarzga yoʻnaltirilgandi. Ammo...
Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudining 2017-yil 9-yanvardagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor Sh. Jabbarovdan Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi foydasiga soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan boʻlgan 8 500 000 soʻm qarzdorlikni undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosi Andijon shahar boʻlimi davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmasdan, soliq qarzdorligini toʻlamasdan kelayotganligi sababli qarzdor Sh. Jabbarovga tegishli boʻlgan “Damas” rusumli avtomashinasiga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Boʻlimning qidiruv boʻyicha inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijasida 22.06.2020-yil kuni qarzdorga tegishli “Damas” avtomashinasi ushlanib, jarima maydoniga olib kiriladi.
Ushbu holatdan xulosa chiqargan qarzdor Sh. Jabbarov shu kunning oʻzidayoq davlat soliq inspeksiyasi foydasiga toʻlashi lozim boʻlgan 8 500 000 soʻm soliq qarzini toʻliq toʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring