Dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi
“Oʻzgidromet” dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va 20-oktyabrga kelib kechasi 10-12 darajani, kunduz kuni 25-28 darajani tashkil etadi.
19-oktyabr, shanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim joylarida, 20-oktyabrda esa Xorazm viloyati hududida yogʻingarchilik kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-oktyabrda kechasi 6-8, kunduzi 23-25, 20-oktyabrda kechasi 9-11, kunduzi 25-27 daraja boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring