Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

12:57 14 Fevral 2025 Jamiyat
306 0

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 14–16-fevral, dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 15-fevral, shanba kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

16-fevral, haftaning yakshanba kuni Oʻzbekistonning koʻpchilik hududlarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining shimoli-gʻarbiy hududlaridan tashqari) yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.

14-15-fevral kunduz kunlari havo harorati 7-10 daraja iliqqacha isiydi. 16-fevral kuni kunduzgi harorat 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-5 daraja iliq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida ertaga, 15-fevral kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, 16-fevral kuni vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 14-15-fevral kunduz kunlari harorat 7-10 daraja iliq boʻladi, 16-fevral kuni 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq boʻladi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер