Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

13:11 18 Iyul 2025 Jamiyat
327 0

Foto: Davronbek Ernazarov/“Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 19-20-iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq va quruq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi.

Kunduz kunlari termometr ustuni 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 44-45 darajagacha koʻtariladi.

Faqat respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlarida dam olish kunlari issiq biroz pasayishi kutilmoqda. Yakshanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi 35-38 darajani tashkil etadi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida asosan bulutsiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechalari 24-27 daraja, kunduz kunlari 40-43 daraja atrofida boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер