Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

20:05 16 May 2025 Jamiyat
305 0

“Oʻzgidromet” 17-19-may kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, 17-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 18-19-mayda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-mayda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. 17-18-mayda ayrim joylarda baʼzida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja; 18-mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja; 19-mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-mayda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. 17-18-mayda ayrim joylarda baʼzida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-mayda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 30-35 daraja; 18-19-mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-mayda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. 17-mayda ayrim joylarda baʼzida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-mayda kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja, baʼzi joylarda 40-41 darajagacha; 18-mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 28-33 daraja; 19-mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-mayda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. 17-mayda ayrim joylarda baʼzida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-mayda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja; 18-mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja; 19-mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 18-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 18-mayda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-18-mayda 18-23 daraja, 19-mayda 15-20 daraja, kunduzi 17-mayda 35-40 daraja, 18-19-mayda 30-35 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 18-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-mayda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 26-31 daraja, baʼzi joylarda 32-33 darajagacha; 18-mayda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25 daraja; 19-mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер