Dam olish kunlari O‘zbekistonga iliq havo massalari kirib kelishni boshlaydi

12:00 13 Yanvar 2023 Jamiyat
1415 0

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Shanba kuni havo harorati kechasi 12-17 daraja sovuq, ba’zi joylarda 20 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq, ayrim joylarda esa 12 daraja sovuq bo‘ladi.

Shuningdek, 15 yanvar kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan iliq havo oqimlari kirib kelishi boshlanadi hamda sovuq havo massalari kamayishni boshlaydi.

Natijada yakshanba kuni havo biroz iliqlashadi, kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi esa 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер