Dam olish kunlari harorat biroz salqinlashishi kutilmoqda

13:33 25 Iyul 2025 Jamiyat
232 0

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Oʻzbekistonda dam olish kuni havo harorati sezilarli darajada salqinlashadi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

Agentlik prognozlariga koʻra, ushbu kunlarda issiq biroz pasayishiga qaramay, juma va shanba, 25-26-iyul kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha kunduzlari 38-40 daraja atrofida, respublika janubida 41-43 darajagacha boʻlgan nisbatan yuqori havo harorati saqlanib turadi.

27-iyul, yakshanba kuni esa havo sezilarli darajada salqinlashadi, harorat 34-37 darajagacha, janubda 38-39 darajagacha pasayadi.

Respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduz kunlari 25—26-iyulda 38-40 daraja, 27-iyulda 35-37 daraja, kechalari esa asosan 22-25 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер