Dam olish kunlari harorat 30 darajagacha koʻtariladi

10:15 10 Aprel 2026 Jamiyat
256 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 11-14-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 14-aprelda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13-aprelda 10-15 daraja, 14-aprelda 12-17 daraja, kunduzi 11-12-aprelda 23-28 daraja, 13-14-aprelda 25-30 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 11-12-aprelda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 13-14-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 11-12-aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 13-14-aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 11-12-aprelda Qashqadaryo viloyatida ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-aprelda 8-13 daraja, 12-13-aprelda 10-15 daraja, 14-aprelda 12-17 daraja, kunduzi 11-12-aprelda 23-28 daraja, 13-14-aprelda 24-29 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 11-13-aprelda ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 13-14-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 11-12-aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 13-14-aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер