Dam olish kunlari ayrim joylarga qor yogʻishi aytildi
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 8—9-fevral kunlari qanday ob-havo kuzatilishi haqida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, ertaga, 8-fevral kuni Oʻzbekiston hududiga nam havo kirib kelishi boshlanadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Xorazm viloyatida va choʻl hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.
Hududning katta qismida havo harorati yuqori boʻlishi saqlanib turadi, faqat respublika shimolida harorat 3 daraja sovuq — 2 daraja iliqqacha pasayadi
( fevral, yakshanba kuni respublikaning koʻpchilik viloyatlarida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduz kunlari havo harorati 5-10 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq atrofida boʻldi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring