“COVID markaz” xodimlari moddiy ragʻbatlantiriladi
“Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qaror bilan, markaziy va oilaviy poliklinikalar negizida tashkil etiladigan maxsus poliklinikalar (“COVID markaz”) xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar oʻrniga quyidagi har oylik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilandi:
— vrach xodimlarga – 2,5 mln soʻm;
— oʻrta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln soʻm;
— kichik tibbiyot xodimlariga – 1 mln soʻm;
boshqa xodimlarga – 500 ming soʻm.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring