“COVID-19”: Turkiyada kunlik yangi holatlar rekord darajada koʻpaymoqda
Foto: globallookpress.com
Turkiyada pandemiya boshidan beri “COVID-19” yuqtirish holatlarining kunlik koʻpayishi boʻyicha rekord qayd etildi.
Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutkada 42 308 kishida infeksiya aniqlangan. “COVID-19” yuqtirganlarning umumiy soni 3,4 millionga yetgan, 3,059 million kishi kasallikdan tuzalgan, 31 892 nafar bemor hayotdan koʻz yumgan.
Turkiyada aholini ommaviy emlash shu yilning 14-yanvar kuni boshlangan edi. Mamlakat Xitoyning "CoronaVac" vaksinasidan foydalanilmoqda. Mart oyida esa "Pfizer/BioNTech" (AQSH/Germaniya) vaksinasidan ham foydalanishga ruxsat berilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring