“COVID-19” Xitoydagi laboratoriyada paydo boʻlgan — CDC sobiq rahbari
Illyustrativ foto
Koronavirus Xitoydagi laboratoriyada paydo boʻlgan. Bu fikrlarni AQSH Kasalliklar tarqalishi va nazorat qilish markazi (CDC)ning sobiq rahbari Robert Redfild ilgani surmoqda, deyiladi "CNN" telekanali xabarida.
Unga koʻra, ushbu infeksiya 2019-yilning sentyabr yoki oktyabr oylarida Uxan shahrida tarqalishni boshladi.
"Bu virus sentyabr-oktyabr oylarida Uxan shahrida tarqalishni boshlagan. Bu mening taxminim, bu shunchaki fikr ... Men hali ham Uxan shahrida laboratoriya ushbu infeksiyani tarqalishi “xizmat qilgan” deb oʻylayman", deydi mutaxassis.
Redfild, shuningdek, koronavirus odamga koʻrshapalaklardan yuqishi mumkinligiga ishonmasligini aytmoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, odam hayvondan har qanday virusni yuqtirganda, kasallik moslashishi va juda yuqumli boʻlishi uchun koʻproq vaqt kerak boʻladi.
2019-yil oxirida Xitoyda koronavirusning yangi — “COVID-19” turiga sabab boʻlgan infeksiya tarqalish avj oldi. Virus dastlab Xubey viloyatida joylashgan Uxan shahrida qayd etilgan.
2019-yilning 11-mart kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyoda “COVID-19” pandemiyasini eʼlon qildi. Oʻsha yilning 29-mart kuni Xitoy oʻz hududida koronavirus epidemiyasi tugaganligini eʼlon qildi. Ammo kasallik butun dunyoga tarqalib ketdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunga kelib ushbu infeksiya bilan zararlanganlar soni 125 million nafardan oshib ketdi. U keltirib chiqargan kasallik asoratlari tufayli hayotdan koʻz yumganlar soni allaqachon 2,5 million nafardan ortdi.
Oldinroq Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) “Covid-19” pandemiyasi kelib chiqishiga sabab boʻlgan ehtimoliy farazni maʼlum qilgani, unga koʻra, virus “oraliq-vosita” orqali insonlarga yuqtirilishi tufayli pandemiya kelib chiqqani haqida xabar bergandik.
Shuningdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) hayvonlarda koronavirus manbaini aniqlay olmagani, Xitoy Xalq Respublikasi Sogʻliqni saqlash milliy komissiyasi mutaxassisi Lyan Vannanga koʻra, tadqiqot davomida koʻrshapalaklar va pangolinlar orasida “SARS-CoV-2” oʻxshash viruslar topilgan, ammo olingan namunalar aynan shu hayvonlar “SARS-CoV-2”ning asl manbai ekanligini taxmin qilish uchun keskin farq qilishi haqida maʼlum boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring