“Covid-19” bilan zararlanish ehtimoli juda yuqori joylar maʼlum qilindi

02:06 13 Noyabr 2020 Dunyo
869 0

Illyustrativ foto

AQSHning Stenford va Shimoli-Gʻarbiy universitetlari mutaxassislari restoranlar, sport zallari va mehmonxonalar koronavirus infeksiyasi yuqtirish ehtimoli juda yuqori xavfli joylar ekanligini aniqlashdi.

Olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, jamoat joylarida koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish ehtimoli 10 foizdan 85 foizgacha boʻlgan holatlarga toʻgʻri kelgan.

Ushbu xulosani chiqarish uchun mutaxassislar maxsus dastur orqali 98 million kishining soatlik harakatini kuzatib borishgan. Bu sport zallari, restoranlar, cherkovlar, avtosalonlar, oziq-ovqat doʻkonlariga va boshqa joylarga borishda virus tarqalishini simulyatsiya qilishga imkon bergan.

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, tashrif buyurishni cheklash kasallik tarqalishini 80 foizga kamaytirish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер