Cobalt, Damas va Labo sotuvi qachondan boshlanadi?

10:39 14 Dekabr 2023 Jamiyat
477 0

Dekabr oyining ikkinchi yarmida Chevrolet Cobalt, Damas, Labo avtomobillari uchun shartnoma berish boshlanadi. Bu haqda UzAutoMotors axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shartnomalar 2024-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan avtomobillar uchun onlayn tarzda beriladi.

Sotuv boshlanishining aniq sanasi UzAutoMotors rasmiy sahifalarida eʼlon qilinishi, shartnomalar One ID identifikatsiya tizimidan roʻyxatdan oʻtgan holda tuzilishi eslatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер