CNNda “Samarqand ruhi” filmi namoyish etildi

11:14 02 Yanvar 2024 Jamiyat
637 0

Dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri – CNN telekanalida Oʻzbekistonning sayyohlik imkoniyatlari, qadimiy shaharning madaniy merosi, tarixiy diqqatga sazovor joylari, zamonaviy hayoti va madaniyatiga bagʻishlangan “Samarqand ruhi” hujjatli filmi namoyish etildi.

Suratga olish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi koʻmagida 2023-yil noyabr oyida amalga oshirilgan.

Telekanal prodyuseri Antoniya Mortensen boshchiligidagi ijodiy guruh Samarqandning tarixiy maskanlarida boʻlib, xattotlik sanʼati, zamonaviy va qadimiy musiqa anʼanalari, Samarqand palovining tayyorlanishi, shuningdek, taniqli meʼmor va tarixchilar bilan suhbatlar lavhalarini suratga oldi.

Turizm qoʻmitasi Suratga olish ishlarini tashkil etishda ishtirok etgan Samarqand viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Kinematografiya agentligi, Madaniy meros agentligi hamda mamlakatimizning boy turizm salohiyati, shuningdek, oʻzbek xalqining qadimiy madaniyati, tarixi, anʼanalarini targʻib etishda faol hamkorlik qilgani uchun CNN telekanaliga oʻz minnatdorligini bildiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер