“Chuvalanchi”da 60 yillik ichimlik suvi tarmogʻi yangilanyapti

13:59 16 Avgust 2024 Jamiyat
310 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Bagʻdod tumanidagi “Chuvanlanchi” MFY aholisi bundan 60 yil oldin tortilgan ichimlik suvi tarmogʻidan foydalanishda qiynalayotgan edi. Ayni paytda davlat dasturi doirasida ushbu mahallaga 5 km ichimlik suvi tarmogʻi tortish, uni har bir xonadonga alohida olib kirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bitta suv minorasi oʻrnatish va tik quduq qazish ham bajarilmoqda. Bu mahalladagi 300 ta xonadonni sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash imkonini beradi.

Mahalla raisi Fayzullo Boqiyevning maʼlum qilishicha, soʻnggi ikki yilda 1,1 km ichki yoʻllar asfaltlandi. “Tashabbusli byudjet” loyihasi gʻolibi sifatida 3,5 km ichki yoʻllar asfalt qilinishiga erishildi. 2023-yilning oʻzida mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga 2 mlrd. soʻmlikdan ziyod loyihalar amalga oshirildi.

— Oʻtgan asrning oltmishinchi yillarida dasht yerlar oʻzlashtirilib, yangi mahallaga ichimlik suvi tarmogʻi tortilgandi, — deydi “Chuvanlanchi” mahallasida yashovchi 90 yoshli Noʻmonjon ota Yangiboyev. — Shu bois tarmoqda uzilishishlar koʻp boʻlar, bundan mahalla qiynalardi. Endilikda nafaqat uyimiz, balki xonadonimiz ichkarisiga ham alohida suv tarmogʻi oʻrnatilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер