Chust tumani hokimining avtomobil jarimalari salkam 20 million soʻmga yetdi
Namangan viloyati Chust tumani hokimining xizmat avtomobillari muntazam ravishda yoʻl harakati qoidalarini buzmoqda. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bekzod Hamdamovga tegishli “Cobalt” va “Nexia-3” rusumli avtomashinalar 30-martadan ortiq yoʻl harakati qoidalarini buzgan. Jarimalarning umumiy miqdori 13,5 million soʻmni tashkil etadi. Ular orasida 2018-yil uchun qonunbuzarliklar mavjud.


Bundan tashqari, mahalliy MCHJga tegishli “Trailblazer” avtomashinasi ham norasmiy ravishda hokimning xizmat mashinasi hisoblanadi. Ushbu avtomashinada jami 6 million 425 ming soʻm jarima toʻplangan.

Maʼlum qilinishicha, jarimalarning aksariyati tezlikni oshirganlik uchun qayd etilgan. Koʻplab qonunbuzarliklarga qaramay, hokimning avtomashinalari vaqtincha saqlash joyiga joʻnatilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring