Chust tumani hokimi yordamchisi pora olayotganda ushlandi
Foto: Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament
Namangan viloyatining Chust tumanida fuqaroga fermer tuman hokimining yordamchisi va uning sheriklari pora bilan ushlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Chust tumani hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi F.A., “R.N.» fermer xoʻjaligi rahbari R.A. va boshqalar xoʻjalikning “Kaklikqoʻrgʻon” MFY hududidagi 5,3 gektar yer maydonini 15 000 AQSH dollari evaziga fuqaro N.ga bogʻdorchilik tashkil etish uchun ajratib berishni vaʼda qilib, oldindan 1 500 AQSH dollari va 5,6 mln soʻmni fuqarolar I.I. va K.R. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Manbada aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring