Chorvoqdagi noqonuniy qurilgan hashamatli dala hovlilar nega buzilayotgani izohlandi

12:39 13 Iyul 2018 Jamiyat
2817 0
​Foto: dachabor.uz

Chorvoqdagi noqonuniy qurilgan hashamatli dala hovlilari buziladi. Bu haqda O'zbekiston 24 telekanali orqali efirga uzatilgan maxsus lavhada aytib o‘tilgan.

Lavhada Bo‘stonliq tumanidagi noqonuniy qurilgan inshootlar ko‘rsatilgan.

Qayd qilinishicha, maxsus xizmatlar yordamida daryo oldi hududlarida tozalash ishlari boshlanadi: noqonuniy qurilgan dala hovlilari buzib tashlanadi. Hududda joylashgan ko‘plab inshootlar xavfsizlik va sanitariya qoidalariga javob bermaydi.

O‘z navbatida huquq tartibot organlari noqonuniy qurilish uchun hududlarni bergan mahalliy hokimiyat organlarini ham tekshiruvdan o‘tkazishi aytiladi.

Quyida mazkur mavzuga bag‘ishlangan lavhani to‘liq tomosha qilishingiz mumkin:

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер