Chorvachilik yoʻnalishida yangi loyiha
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Sherobod tumanida “Pomir agroklaster” MCHJ xorij korxonasi tomonidan umumiy qiymati 392 milliard soʻmlik chorvachilik kompleksi barpo etilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida 5 ming bosh zotdor qoramolni parvarishlash kompleksi, yiliga 30 ming tonna sutni qayta ishlash va un mahsulotlari ishlab chiqarish zavodlari qurilishi rejalashtirilgan.

Surxondaryo viloyati hokimi qurilish ishlari jadal olib borilayotgan kompleksga borib, tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Qurilish ishlarini jadallashtirish uchun zarur koʻmaklar koʻrsatilishi, doimiy ish oʻrinlari yaratish hamda aholini goʻsht va sut mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qoplashda muhim boʻlgan loyihani muddatida ishga tushirish lozimligini alohida taʼkidladi. Ushbu loyiha amalga oshirilsa 175 ta doimiy ish oʻrni yaratiladi.

Shu yilning aprel oyida Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligidagi delegatsiya Vengriya davlatidagi amaliy tashrifi doirasida Chongrad-Chanad viloyatida boʻlib, “Bonafarm” kompaniyasining chorvachilik fermasi va sutni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishgan edi. Seged shahrida oʻtkazilgan tadbirda “Bonafarm” kompaniyasi va “Pomir agroklaster” MCHJ oʻrtasida zotdor chorva mollarini yetkazish, sutni qayta ishlash va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring