Chortoqda 800 mln soʻm kredit mablagʻlari oʻzlashtirib yuborildi

13:07 30 Aprel 2021 Iqtisodiyot
942 0

Chortoq tumanida kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. 

Departamentning Chortoq tuman boʻlimi tomonidan Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudining xususiy ajrimi yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.S.” MCHJ rahbari N.O. tomonidan ATB “Mikrokreditbank” Chortoq filialidan “akfa eshik va romlari ishlab chiqarish uskuna va xom ashyo sotib olish” maqsadida 800 mln soʻm kredit mablagʻlarini olib, kredit mablagʻlari evaziga ishlab chiqarish sexini tashkil etmasdan, oʻzlashtirish orqali bank manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер