“Cho‘l shamshiri” xalqaro turnirida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi
“Cho‘l shamshiri” xalqaro turnirida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi “EKSPO” markazi hududiga o‘rnatilgan ulkan doshqozonda 1000 litr Navro‘z go‘jasi tayyorlanadi. Bu haqida mazkur shahar madaniyat va sport boshqarmasi ma’lum qildi.
Taomni tayyorlash marosimini 21 va 22 mart kunlari kuzatish mumkin. Shuningdek, bayram uyushtiriladigan maydonga qozoq milliy o‘tovlari o‘rnatilgan. Teatr aktyorlari tomonidan milliy qadriyatlar va urf-odatlar, kulollar, hunarmandlar, zargarlar, namatdo‘zlar tomonidan mahsulotlar namoyish etiladi. Kurash, oshiq otish, arqon tortish, armrestling va tosh ko‘tarish musobaqlari o‘tkaziladi. O‘z kuchi va chidamliligini sinovdan o‘tkazmoqchi bo‘lganlar “qo‘y ko‘tarish” milliy o‘yinida ishtirok etishi mumkin.
Tadbirning yana bir eng yorqin voqeasi “Cho‘l shamshiri” bo‘yicha o‘rta asrlar jang san’ati bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lishi kutilayapti. E’tiborlisi, unda Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina va Qirg‘iziston bilan birgalikda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring