Chiroqchida “Polvonlar bogʻi” tashkil etildi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Chiroqchi tumanining Zarbdor mahallasidagi 5 gektar maydonda “Polvonlar bogʻi” tashkil etildi.
Eʼtiborli tomoni, bu tashabbus hudud ahlining oʻzidan chiqdi. Shu kuni Zarbdor va Istiqlol mahallalaridagi tadbirkorlar, saxovatpesha insonlar koʻmagi bilan 18 ta ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat toʻylari oʻtkazib berildi. Shu munosabat bilan milliy kurash musobaqasi ham boʻlib oʻtdi.

Yakunda katta hashar uyushtirilib, “Polvonlar bogʻi”ga 5 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
— Hasharda uch avlod polvonlari ishtirok etdi, — deydi chiroqchilik mashhur polvon, ikki karra jahon chempioni, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi Abdirashid bobo Mirzayev. — Bu ayniqsa, yosh polvonlarimiz uchun ham ibratli ish boʻldi, deb oʻylayman. Bu bogʻ kelajakda hudud ahlining milliy kurashimizga boʻlgan mehri, eʼtibori timsoliga aylanishiga ishonchim komil.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring