Chiroqchida mudhish YTH sodir boʻldi. Qurbonlar bor
arxiv foto
Maʼlum qilinishicha, 7-aprel kuni soat 18:00 larda Chiroqchi tumani “Annaroʻz” mahallasi Annaroʻz qishlogʻida yashovchi X.Tulayev oʻz boshqaruvida boʻlgan Nexia rusumli avtomashinasi “Annaroʻz-Oqtoʻnli” yoʻlida boshqaruvni yoʻqotgan. Shundan soʻng yoʻl chetidagi daraxtga urilgan.
Natijada avtomashinada boʻlgan yoʻlovchilar M.B va Gʻ.X.lar hodisa joyida vafot etgan boʻlsa, X.T va Y.R.lar tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
“Ommaviy karantin tadbirida uyda oʻtirmagan bu fuqarolar oʻz umriga oʻzi zomin boʻldi desak, mubolagʻa emas”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring