Chiroqchida bir oilaning besh nafar aʼzosida koronavirus aniqlandi

22:42 06 Aprel 2020 Jamiyat
1415 0

arxiv foto

Chiroqchilik 14 yoshli bemorning yana bir opasi va ukasida ham kasallik aniqlandi. Bu haqda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ayni paytda viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar 6 nafarga yetgan. Ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorlarning ahvoli oʻrta ogʻir darajada.

Viloyatda dastlab chiroqchilik 14 yoshli oʻsmir mazkur infeksiyani poytaxtda yashaydigan qarindoshidan yuqtirib olgandi. Soʻng uning 36 yoshli otasi va 16 yoshli opasida ham xastalik aniqlandi va ular yashagan qishloq karantinga olindi.

Maʼlum boʻlishicha, keyingi ikki bemor ham 14 yoshli bemorning 17 yoshli opasi va 8 yoshli ukasi. 56 yoshli oltinchi bemor esa Chiroqchi tumanining boshqa qishlogʻidan, u Toshkentdagi firmada ishlagan.

Aniqlanishicha, viloyatda dastlab 4872 nafar fuqaro karantinga olingan boʻlib, ularning 3338 nafari epidemiologik vaziyat barqaror boʻlmagan davlatlardan kelgan. 125 nafari esa xorijlik fuqarolar boʻlgan. 437 nafar fuqaro karantin muddatini oʻtab sogʻlomligi aniqlangach, yashash manziliga joʻnatilgan.

Viloyat boʻyicha 1765 nafar fuqaro koronavirusga shubxa qilinib, uy sharoitidagi karantinga olingan. 328 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinda saqlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirusga aniqlanganlar 397 nafarni tashkil etmoqda. Shu kungacha 30 nafar bemor butunlay sogʻaydi. Ikki kishi vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер