Chiroqchida 33 ta obyekt foydalanishga topshirildi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Chiroqchi tumanining Dam qishlogʻida joylashgan 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 980 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda. Maktabning quvvati atigi 320 oʻquvchiga moʻljallangan, bu koʻplab muammolarga sabab boʻlib kelayotgan edi.
— Joriy yilda tegishli investitsiya dasturi asosida maktabimizning 120 oʻrinli eski binosi buzib tashlanib, oʻrnida 550 oʻrinli, 4 qavatli zamonaviy bino qurilishi bilan bu boradagi muammolarimiz butunlay barham topdi, — deydi maktab direktori Botir Qobilov. — 9 milliard 600 million soʻm evaziga eng zamonaviy andozalar asosida barpo etilib, jihozlangan ushbu binoda darslarni sifatli tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Mustaqilligimizning 33 yilligi shodiyonalari arafasida yangi maktab binosining foydalanishga topshirilishi nafaqat maktab jamoasi, balki mahalla ahli uchun haqiqiy bayramga aylanib ketdi.
Tantanali tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi soʻzga chiqib, chiqqanlar tomonidan bugun mamlakatimizda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga qaratilayotgan eʼtibor, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida toʻxtalib oʻtildi. Qishloq ahlini yangi maktab bilan qutladi.

Shu kuni tumanda yana koʻplab maktab, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, xususiy oʻquv markazlari, tibbiyot muassasalari, sanoat korxonalari, yirik savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarining yangi binolari, umumiy hisobda 33 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring