Chiroqchi tumanida tez tibbiy yordam haydovchisi kaltaklandi
12-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida fuqaro kechki 17:10 da tez tibbiy yordam chaqirgan.
“Tez tibbiy yordam brigadasi 8 km masofaga 14 daqiqada yetib borgan”, — deyiladi Qashqadaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi bergan xabarda.
Xonadonda bemorning oʻgʻli ekani taxmin qilinayotgan shaxs brigada haydovchisi bilan janjallashib, uning yuz qismiga jarohat yetkazgan.
Maʼlumotlarga koʻra, holat yuzasidan ichki ishlar idoralariga xabar berilgan boʻlib, vaziyat boshqarma tomonidan nazoratga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring