Chirchiqda deputatlikka nomzod ikkita saylov uchastkasida noqonuniy harakat olib borayotgani aniqlandi, maʼlumot prokuraturaga yuborildi

13:51 22 Dekabr 2019 Siyosat
1073 0

Foto: Hasan Paydoyev, “Xalq soʻzi”.

Xalqaro matbuot markazida oʻtkazilgan navbatdagi brifingda MSKning kotibiyat rahbari X. Mamatov saylov qonunchiligiga zid xatti-harakatlar boʻlayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi.

“Ayrim saylov uchastkalarida saylov maʼlum bir qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻyilayotgani toʻgʻrisida xabarlar kelmoqda. Xususan, bir saylovchi tomonidan 2 yoki 3 nafar saylovchi oʻrniga byulleten berilgani, saylovoldi tashviqoti olib borilgani, oilaviy ovoz berishga sharoit borligi haqida murojaatlar boʻldi.

Chirchiq shahridagi 197 va 198 saylov uchastkalarida Chirchiq shahar kengashiga nomzod DAFTIROV SARDOR RAVSHAN oʻgʻli 1991-yilda tugʻilgan “Adolat” SDPdan nomzod tashviqot tadbirlarini olib borayotganligi” haqida murojaat boʻldi, holat zudlik bilan nazoratga olindi hamda Prokuratura organlariga yuborildi. Natijasi haqida qoʻshimcha axborot beriladi. Eslatib oʻtamiz 21-dekabrdan boshlab saylovoldi tashviqotini olib borish Saylov kodeksiga muvofiq toʻxtatilgan”, deya gapirib oʻtgan Xudoyor Mamatov.

MSKning kotibiyat rahbari noqonuniy harakatlarga barham berilayotganini ham taʼkidladi.

— “Bekobod tumanidagi 260-saylov uchastkalarida oilaviy ovoz berishga harakatlar boʻlayotganligi haqida murojaat boʻldi”. Biroq, bu harakatlar USK aʼzolari tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilgan, — dedi X. Mamatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер