Chiqindini pulga aylantirayotgan ayol
Foto: Xalq so‘zi
Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi Uzun koʻch” mahallasida yashovchi Sohibaxon Mamadaliyeva oʻz xonadonida biоgumus yetishtirish bilan shugʻullanadi.

— Bu eng arzon, biroq eng koʻp daromad keltiruvchi biznes,-deydi Sohiba aya. — Bir marta sarmoya kiritasiz, tamom! Ozuqa oʻrnida goʻng, poʻchoq, xazon kabilardan foydalanasiz. Bir soʻz bilan aytganda, chiqindini pulga aylantirasiz. Maxsus joy talab qilmaydi. Ekinlarni oziqlantirsangiz, kimyoviy oʻgʻitlarga hojat qolmaydi. Hosildorlikni keskin oshiradi. Aytganday, uyda oʻtirgan, kam taʼminlangan xotin-qizlar uchun qulay biznes bu!
Biogomusni xaridorlar toʻgʻridan-toʻgʻri xonadondan sotib olmoqdalar. Shuning uchun xaridor izlab, bozorga qatnashga ham hojat yoʻq. Eng muhimi, onaxonning yillik daromadi 70 mln. soʻmni tashkil etmoqda. Ortiqcha harakat va xarajat qilmay, uydan chiqmagan holda shuncha daromad topish yoʻqdan bor qilish degani aslida...
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring