Chiqindilarni boshqarish agentligiga direktor tayinlandi
Foto: Facebook
Prezidentning tegishli qarori bilan Hasanov Sharifbek Shamsiddinovich Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Sharifbek Hasanov 1990-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 2013-yilda Buyuk Britaniyaning Cardiff Metropolitan universiteti (bakalavr), 2015-yilda Surrey universitetini (magistratura) tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda turli davlat boshqaruv organlarida faoliyat yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring