Chiqindidan avtomobilsozlikda foydalanilmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon shahrining 6 ta hududida “Bio tex eko” MCHJ tomonidan zamonaviy chiqindixonalar tashkil etildi. Buning natijasida aholi maishiy chiqindilarni turlarga ajratgan holda topshirmoqda.
– Odatda bu kabi maskanlar qoʻlansa hiddan iborat boʻladi, – deydi korxona rahbari Shamsiddin Hasanov. – Bizning manzilda anvoyi gullar iforiyu, qushlarning xonishi eʼtiboringizni tortadi. Chiqindilarni turlarga ajratib, qabul qilish orqali pokizalikka erishmoqda.
Topshirilgan chiqindi bir kunda 2 tonna xom ashyoni qayta ishlash imkoniga ega boʻlgan korxona tomonidan tayyor mahsulotga aylantirilib, avtomobilsozlikda qoʻllanilmoqda.


Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring