Chimyonda “KamAZ” soyga tushib ketishi natijasida haydovchi halok bo‘ldi
25 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida mudhish YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, shu tumanda yashagan B.D. “KamAZ” rusumli yuk mashinasini “Chimyon” MFYda joylashgan archazor tog‘dan pastga haydab tushayotganida boshqaruvni uddalay olmay, soyga tushib ketdi.
Hodisa oqibatida avtomobilning kabina qismida yong‘in kelib chiqdi. B.D. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring