Chimboyning bir asrlik gujumlari

12:28 17 Iyul 2020 Jamiyat
2332 0

Chimboy tumani “Gujum”, “Baxtli”, «Qosterek» ovul fuqarolar yigʻinlari hududida yuz yoshdan oshgan 8 tup gujum daraxtlari borligi aniqlandi. Ushbu noyob daraxtlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-yanvardagi “Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yana-da takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 43-sonli qarori talablarini taʼminlash maqsadida oʻtkazgan tadbiri paytida eʼtirof etildi.
 

— Ajdodlar “Gujumdek unib-oʻsgin” degan gapni bejiz aytishmagan, —deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasi xodimasi Ulbosin Mirzanazarova. — Chunki gujum uzoq umr koʻradigan daraxtdir. Mutaxascislarning fikricha, u qum koʻchishining oldini olish, shamol yoʻlini toʻsish, tuproqni eroziyadan asrash, qolaversa iqlimni moʻtadillashtirish xususiyatlariga ega. Ayniqsa, yoz jaziramasida quyuq soyasi tanga rohat beradi.

Taʼkidlash kerakki, davlat nazoratiga olingan 8 tup gujumga mahalliy aholi “Milliy tabiat esdaligi” deb nom berdi.

Hidoyat AHMEDOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер