Chilonzorda “Damas” yonib ketdi

00:32 31 Dekabr 2020 Jamiyat
1053 0

IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqda «Chilonzorda «Damas» yonib ketdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan maʼlumot berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 30-dekabr kuni soat 18:10 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasida, «Toshkent-Yangiyoʻl» yoʻnalishida, haydovchi, 1990-yilda tugʻilgan I.M. «Damas» rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻl chetidagi daraxtga urilgan. Zarb oqibatida avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan.

Natijada, haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir boʻlish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер