Chilonzorda qalbaki 20 000 AQSH dollarini sotayotgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan J.A. va boshqalar noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, Chilonzor tumani, 6 mavzesida jami 400 dona 50 AQSH dollarlik qalbaki 20 000 AQSH dollarini fuqaro K.N.ga 10 000 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring