Chendu-2021: talaba sportchilarimiz Universiada oʻyinlarida 14 ta medal qo'lga kiritishdi. Bu yangi rekord

13:19 09 Avgust 2023 Sport
2889 0

Kecha Xitoyning Chendu shahrida talaba sporchtilar oʻrtasida o‘tkazilgan navbatdagi yozgi Universiada oʻyinlari o‘z yakuniga yetdi. 

Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir bronza medaliga sazovor boʻldi. Ushbu medalni sablyachi qizlarimiz jamoaviy dasturda qoʻlga kiritishdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi Universiada oʻyinlarini 8 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan yakunladi.

Ta‘kidlash kerak, shu paytgacha o‘zbekistonlik talaba sportchilar Universiada o‘yinlarida bu qadar ko'p medalga ega chiqishmagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер