Chelakda 12, 14 va 16 qavatli uylar quriladi
Oʻzbekistonda qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini yaxshilash, namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joylar qurish hisobiga qishloq aholisining hayot darajasi va sifatini oshirish, qishloqda muhandislik va transport kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Payriq tumanida ham amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, tumanning Chelak shaharchasida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega 2 ta 12 qavatli, 2 ta 14 qavatli va 1 ta 16 qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda binolar qurilishi kutilayotgan hududning holati oʻrganilib, chegaralari belgilangan, deyiladi Payariq tumani hokimligi axborot xizmatining xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring